ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNING OG`ZAKI VA YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISH

Ma’lumki, ko`p hollarda ona tili mashgulotlarida o`quvchilar egallayotgan ko`nikmalar, asosan, tilning grammatik qurilishini o`rganishda qaratilgan bo`lib o`quvchilarning so`z boyligini oshirish so`zdan to`gri va o`rinli foydalanish fikrni bayon qilishning samarali yo`llarini aniqlash kabi serunum foydali amaliy ko`nikmalar bir muncha  e’tibordan chetda qoladi .

         Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari shunchalik darajada bir-biriga aloqadorki, birisiz ikkinchisi ko’zlangan natijani bermaydi. Ko`nikma va malakalarni shakllantirish bilimlar tizimi bilan bogliq bo`lsa ijodiy tajriba, bilim, ko`nikma va malakalar asosida yuzaga chiqadi.

         Shunday ekan, bugungi kunda o`quvchilarimiz ona tili fanidan yetarli bilimlarni egallab krlmoqda. Ammo ulardagi og`zaki va yozma nutqni shakllantirishda kutilgan natijalarga erisha olyapmizmi? Ularning ko`nikma va malaka hosil qilishlari qay ahvolda? Ayrim o`quvchilarimiz o`z fikrlarini og`zaki va yozma bayon etishga qiynaladilar. Buning uchun, avvalo, o`quvchilarda izlanuvchanlik, faollikni kuchaytirishimiz lozim.

         Boshlang`ich sinflarda alifbo o`rgatish jarayonida hali harf tanimaydigan o`quvchilarning rasmlarni og`zaki  ifodalash, ta’riflash orqali nutqi shakllanadi. Yuqori sinflarda bu jarayon asta-sekinlik bilan diktant, bayon, insho yozish ,  yaratish  kabilar bilan kengayib boradi. Bu esa o`quvchilarning o`z ustida ishlashlarini olgan bilimlarini amalda qo`llay bilishni, ijodiy fikrlash qobiliyatlari, yozma nutq malakalarini to`la namoyon etishni talab qiladi .

         O`quvchilarning og`zaki yoki yozma nutqini shakllantirish uchun ona tili darslarida ularga bir necha matnlar berilib matnlarga sarlavha topish topshirigi berilsa, ular matndagi asosiy fikrni ajrata olishga o`rganadi. Ba’zi o`quvchilar insho yozishda rejani amallab tuzadilar va bu ham qolib inshoni reja asosida yoritmaydilar. Bu esa o`quvchilarimizning asosiy fikr nima haqida  ekanligini anglay olmaganligida .

         O`quvchi  og`zaki yoki yozma nutq yaratar ekan, unda yetarlicha material ( ma’lumot) undan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy izchillikda joylashtirish malakasi bolishi lozim.

         O`quvchilarda bu kabi malakaga ega bolishning yana bir yo`li bir-birlarining ishlarini tekshirish topshirig`idir O`quvchi o`z ishidagi xatolardan ko`ra o`zgalarning xatosini tez topadilar . Buni o`quvchilar  5-sinfda matn yaratish, diktant yozish jarayonlaridan boshlasalar maqsadga muvofiq, chunki ular tobora shakllanib boradilar. Boshidanoq xatolarini anglab yetgan oquvchilar o`zlarini ustida ishlab boradilar .Masalan, o`rganayotgan matnni yoki biror asarni diqqat bilan o`qishni, mazmuni ustida ishlashnI odat qilib, yozma nutqda imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolar ustida shug`ullanib, o`rganib boradilar .

         O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishda  »Matnni davom ettiring»  metodi ham juda qo’l keladi.

         Masalan:1-o’quvchi:Bahor keldi.

                          2-o’quvchi:Gullar ochildi.

                          3- o’quvchi: Olam yashil libosga burkandi.

         Bunda o’quvchi ning filrlash qobiliyati, og’zaki nutqi  tekshirilib, ularni asosiy fikrdan chiqib ketmay mantiqiy izchillikka o`rgatadi .

         Bundan tashqari  »Ataladan suyak  chiqdi»  metodik usulidan foydalanishimiz mumkin. Bunda monitor orqali yoki matnlar yozilgan tarqatmalardan foydalanish mumkin.

         Masalan: Quyidagi matnga sarlavha toping va ortiqcha gapni aniqlang .

         Qish . Hammayoqni oppoq qor qoplagan Odamlar issiq kiyimlarga .  Bolalar ko`chada koptok  o`ynamoqda. Havo esa juda sovuq.

         Matndagi suyak qaysi?   Albatta,  Bolalar ko`chada koptok o`ynayapti   gapi . O`quvchi bu gapni matnga aloqador emasligini ,aloqador bo`lmagan, mavzuga mos kelmaydigan fikrni topadi .Keyinchalik bu usul o`quvchini yozma nutqda mavzudan chiqib ketmaslikka, og`zaki nutqda esa bir -biriga bogliq gaplardan foydalanishga, to`g`ri va aniq fikrlashga o`rgatadi.

         Ana shunday usullardan yana biri  bu » Men eplay olaman » musobaqa uslidir .Bunda sinf o`quvchilaridan xohlovchilar tanlab olinadi. Ularga monitor orqali yoki  turli hayvonlar, gullar, har xil kasb egalari va hokazolar aks etgan fotorasmlar yo  rasmli tarqatmalardan birini tanlab, vaziyatdan chiqish kerak bo`lgan topshiriq beriladi  O`qituvchi tomonidan tanlagan rasmlar oddiy bo`lmasligi o’quvchilarni sal bolsa ham izlanishga,fikrlashga undaydigan bo`lishi lozim. Masalan: »Men  paypoqman» deb yozilgan yoki paypoq rasmi tushirilgan tarqatma bo`lishi mumkin .O`quvchi vaziyatdan chiqish va musobaqada g`olib bo`lish uchun matn yaratishga kirishadi. Matnni quyidagicha ifodalanishi mumkin:

         Men paypoqman, lekin men bundan sira afsuslanmayman. CHunki hayotda shunday insonlar borki, hech kimga nafi tegmaydi. Men esa hamma uchun foydaliman. Men ne-ne zotlarni  sovuqdan asrab kelganman. Agar men bo`lmasam  mashur futbolistlar ham maydonga tusha olmaydilar…

         Bu usul o`quvchini kelgusida turli tanlovlarda, hali qo`l urmagan, kutilmagan mavzularda yozma yoki og`zaki nutq yaratishlarida yetakchi o`rinni egallaydi, har qanday vaziyatlarda ham bemalol matn tuza olish uchun mashq qilish bo`lib qoladi. O`quvchilarni yanada faol bo`lish, ijodkorlik, olgan bilimlarini amalda ko`rsata olish imkonini beradi. Har xil holatlarda nutq yarata olishga, gangib qolmaslikka o`rgatadi.

         Sir emaski ,o`quvchilarimizga biror asarni »Sahna darsi» ko`rinishida o`tamiz yo biror tadbir o`tkazish uchun badiiy asar qahramonlari rolini o`ynaysiz desak,  3-4 ta qobiliyatli o`quvchilar rozi boladi, qolganlari esa o`zlarini hayajonlanishi, so`zlarni adashtirib qo`yishi, nutqining ravonmasligidan cho`chiydilar. Ana shunday holatlarning oldini olish borasida  sinfda dars davomida »O`zim haqimda» usuli qo`l keladi. Bunda o`quvchilarga adabiyot darsida tanishgan asar qahramonlari ijodkor, shoir, yozuvchilar, buyuk shaxslar rasmlari tarqatiladi. Ularga  rasm asosida og`zaki ma’lumot berish topshirig`i beriladi.  Masalan,  Alpomish rasmini olgan o`quvchi » Men ozim haqimda sizlarga so`zlab beraman. Men xalq ogzaki ijodida eng mashhur doston qahramoniman. Men haqimdagi dostonni  o`sha buyuk baxshi Fozil Yoldosh  o`g`li mahorat bilan ijro etgan. Haqiqiy ismim Hakimbek. Otam Boybori, amakim esa Boysari. Mening suluv singlim Qaldirgoch, amakimni Oybarchin  ismli qizi bor. Men 7 yoshimda bobom Alpinbiydan qolgan 14 botmon birinjdan bolgan parli yoyini ko`targan alp pahlavonman…»   shu tariqa davom ettirilaveradi.

         Bu jarayon nafaqat og`zaki nutqni balki yozma nutq yaratishda yetarli tasavvur etish imkonini beradi. Qolgan o`quvchilar ham o`zlari uchun kerakli ma`lumotlarni o`zlashtiradilar. O`qituvchi esa ularning fikrini jamlab, bildirilgan fikrlarni bugungi ijtimoiy hayotga bog`lab,  ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini aytib, chiroyli qilib  xulosalab qo`yadi. Bundan o`quvchi fikrini tog`ri xulosalanishni o`rganadi  .

         AZIZ USTOZLAR, bugungi kunda har bir soha jadallik bilan rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Bu borada ta’lim sohasida ham o`zgarishlar juda katta Muhtaram prezidentimiz Mirziyoyev SHavkat Miromonovich O`zbekiston yoshlarini bilimdon har tomonlama shakllangan, ularning bilim salohiyati jahon talablariga javob bera oladigan bolishini ta’kidlagan holda  o`rgangan bilim, ko`nikma, malakalarini amaliy ko`rsata olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib, biz ustozlarga katta ishonch bildirmoqda. Bu ishonch bizga ulkan sharaf va o`z o`rnida katta mas’uliyatni yuklaydi. Shunday  ekan, biz kelajagi buyuk yurt farzandlarini  DTS talablari asosida BKM larga ega bo`lishini ta`minlashimiz darkor. Yuqorida berilgan tavsiyalar sizning ona tili darslaringizda metodik yordam sifatida qo`l keladi deb o`ylayman.           

Ahmadjonova Nargiza Alijonovna.

Andijon viloyati. Bo`ston tumani

22-umumta’lim maktabi ona tili va

adabiyoti fani o`qituvchisi.

«Хаёт гўзал мен хаётдан завқланаман» мавзусида психологлар семинари

      Ўқувчиларда стресс ва тушкунлик ҳолатларини олдини олиш ҳамда ҳаётнинг гўзаллигини англаш, шукроналик туйғуларини камол топтириш, суицидал ҳолатларга қарши тарбиялаш мақсадида 22-умумий ўрта таълим мактабида 27.11.2018 йили “Ҳаёт гўзал , мен ҳаётдан завқланаман!” мавзусида психологлар семинари бўлиб ўтди.

2018 йилни Ўзбекистонда «Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»